O’ZBEKISTON - KOREA
XALQARO UNIVERSITETI

BIZ hAQIMIZDA

BOSH SAHIFA BIZ hAQIMIZDA

O'zbekiston - Koreya xalqaro Universiteti

Farg'ona shahridagi O`zbekiston - Koreya Xalqaro Universiteti Janubiy Koreya va O‘zbekiston Respublikasi oliy ta`lim tizimining yetakchi mutaxassislari hamkorligida professional, amaliyotga moslashgan va jahon talablariga javob beradigan iste’dodlarni yetishtirib chiqarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan tashkil etilgan. Bu jabhada Farg`ona viloyat hokimligining jonbozligi hamda qo‘llab-quvvatlashini alohida ta’kidlab o‘tish lozim.

Universitetda o`quv jarayoni Koreya oliy ta`lim muassasalari tajribasiga asoslanganligi sababli, dars rejalari va dasturlarining aksariyati Koreya ta’limi andozalariga mos keladi. Universitetning to‘g‘ridan-to‘g‘ri amaliyotda qo‘llaniladigan ta’lim dasturi orqali biz kelajakka yo‘naltirilgan innovatsiyalarni tatbiq etishga harakat qilamiz.

logo img